Arktikada misli ko'rilmagan issiqlik kuzatilmoqda

0

O'tgan hafta Arktika qismlarida havo harorati 30 ℃ dan oshib, yilning shu vaqtidagi o'rtacha ko'rsatkichdan ancha yuqori bo'ldi.

Angliyalik meteorolog Skot Dankan mintaqadagi haroratni “may oyi uchun hayratlanarli” deb ta'rifladi.

Ta'kidlanishicha, harorat ko'tarilishi sababli Arktikada abadiy muzlarning erishi atmosferaga metan tarqalishiga olib keladi va global isishga hissa qo'shadi.

Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, kelajakda tez isish tufayli bunday harorat sakrashlari tez-tez kuzatiladi.