Italiyalik mafiya rahbari Braziliyada qo'lga olindi.

0

Italiyalik mafiya boshlig'i Rokko Morabito Urugvayda qamoqdan qochib, ikki yil o'tgach, Braziliyaning Joao Pessoa shahrida qo'lga tushdi, deya xabar berdi euronews.
Braziliya federal politsiyasi ma'lum qilishicha, 54 yoshli mahbus 1990 yilda “kokain quroli” nomi ostida tanilgan. O'shandan beri u giyohvand moddalar savdosi bilan shug'ullanib kelgan.

Jinoyatchini qo'lga olish uchun Braziliya va Italiya politsiyasi tomonidan qo'shma operatsiya amalga oshirilgan.

Italiyalik jinoyatchi 1988-1994 yillarda xalqaro giyohvand moddalar savdosi, shu jumladan 1992-1993 yillarda ming kilogrammdan ortiq qora dorini chegaradan olib o'tishga uringani uchun Interpol ro'yxatiga tushgan edi.

Morabito qilmishlari uchun 30 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.