Zo'ravonlikka qanday jazo bor

0

“Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida”gi Qonunning 26-moddasida himoya orderi berish bilan birgalikda zo'ravonlik sodir etgan shaxsga nisbatan cheklovlar belgilangan, bular;

– tazyiq o'tkazishni va zo'ravonlik sodir etishni taqiqlash;

– tazyiq o'tkazgan yoki zo'ravonlik sodir etgan shaxsning tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchilar bilan aloqasini taqiqlash (ish joylarida va ta'lim muassasalarida tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchining tazyiq o'tkazgan va zo'ravonlik sodir etgan shaxs bilan bilvosita aloqasiga yo'l qo'yiladi);

– tazyiq o'tkazilgan va zo'ravonlik sodir etilgan taqdirda tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchining hamda tazyiq o'tkazgan va zo'ravonlik sodir etgan shaxsning bir xonada birga bo'lishini taqiqlash;

– tazyiq o'tkazgan va zo'ravonlik sodir etgan shaxsning zimmasiga tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchini davolash, yetkazilgan moddiy zararning o'rnini qoplash,

– tazyiq o'tkazgan va zo'ravonlik sodir etgan shaxsning qurolni (bundan xizmat quroli mustasno) saqlash va olib yurish huquqini himoya orderining amal qilishi yoki unda ko'rsatilgan muddat davrida cheklash yoxud taqiqlash, shuningdek qurol sotib olish uchun ruxsatnoma olishga doir huquqini taqiqlash kabi cheklovlari belgilanadi.

Himoya orderi amal qilish davrida ushbu cheklovlarni buzganlik holatlari aniqlansa, MJtKning 206-1-moddasiga asosan javobgarlikka tortish nazarda tutilgan. 2021 yil 4 oyi davomida 383 nafar fuqaroga nisbatan ushbu modda asosida jazo choralari belgilandi.

Shuningdek, himoya orderini berish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish chog'ida O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat belgilari aniqlansa, himoya orderini berish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish bilan bir vaqtda ish materiallari jinoiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboriladi.

loading...