Dezodorantdan to'g'ri foydalanishni bilasizmi?

0

Quyidagi ma'lumotlar orqali ushbu gigiena vositalaridan to'g'ri foydalanayotganingizni tekshirib ko'ring.

Dezodorantni antiperspirant bilan aralashtirib yuborish

Antiperspirant teri miqdorini kamaytiradi va dezodorant esa yoqimsiz hidni yo'q qiladi. Aksariyat antiperspirantlarda alyuminiy tuzlari mavjud. Ular bezlarning ter chiqaruvchi kanallarini qisman toraytiradi. Shu sababli vaqtincha kamroq ter hosil bo'ladi. Dezodorantlar nafaqat yoqimsiz hidni yashiradi, balki bakteriyalarni yo'q qilish orqali uni zararsizlantiradi.

Nam teriga surtish

Quruq terida antiperspirant yaxshi natijani beradi. Shuning uchun dushdan chiqqanda yoki terlaganda undan foydalanish tavsiya etilmaydi.

Kun davomida bir necha marotaba ishlatish

Ushbu vaziyatni boshqa mahsulotlar bilan amalga oshirish mumkin. Ammo kun bo'yi yuvinmasdan turib, qo'shimcha dezodorant qo'llash hech narsani o'zgartirmaydi. Uni toza, quruq teriga surtish kerak. Agar boshqa mahsulot ustidan qo'llanilsa, samaradorlik ham pasayadi.

Ertalabdan foydalanish

Odat bo'lishiga qaramay, dezodorant va antiperspirantlar ertalab emas, balki kechqurun yotishdan oldin qo'llanilishi kerak. Bu vaqt ichida ter bezlari kam faollashadi. Antiperspirant ter ajraladigan kanallarga osonlikcha kirib boradi va ularda qoladi. Shuning uchun dermatologlar kechqurun dush qabul qilib, yaxshilab artinib, antiperspirant bilan davolanishni maslahat beradi.

Terini parvarish qilmaslik

Dermatolog Feyn Frey namlantiruvchi dimetikon mahsulotini tavsiya qiladi. Yoki tabiiy kokos moyi. U quruq terini tinchlantiradi va namlik yo'qotilishini kamaytiradi. Bundan tashqari, kokos moyi antibakterial xususiyatlarga ega.

Teri turiga mos bo'lmagan mahsulotdan foydalanish

Qo'ltiq osti terisini ham xuddi yuzning terisidek parvarish qilish kerak. Dezodorantni tanlashda terining turiga va sezgirligiga e'tibor qaratish lozim. Tarkibida yuqori spirt yoki kuchli hid nozik terini hamda odamlarni bezovta qilishi mumkin.

Oddiy va klinik antiperspirant o'rtasidagi farqni tushunmaslik

Oddiy antiperspirantlar ter bezlari kanallarini 20 foiz, kliniklarini esa foizga toraytiradi. Ularda alyuminiy tuzlarining konsentratsiyasi ortadi. Shu sababli ular yanada samarali ishlaydi, shuningdek, terini ko'proq bakteriyalardan tozalaydi.

Tabiiy dezodorantlarga ishonmaslik

Ko'p odamlar tabiiy dezodorantlardan foydalanmaydi va ularning samaradorligiga ishonmaydi. Ammo bu ozgina terlaydiganlar yoki shunchaki yoqimsiz hidni niqoblashni istaganlar uchun juda yaxshi imkoniyat.

Dezodorant dog'larini kiyimdan qanday olib tashlash kerak?

Dezodorantdan qolgan oq izlar juda ko'p muammolarni keltirib chiqaradi. Agar oddiy yuvish natija bermasa, suv va limon sharbati aralashmasidan foydalanish mumkin. Shuning uchun dezodorant tanlashda e'tiborli bo'lish lozim.

loading...