Imi-jimida ishini bajarib yurgan ekan!

0

Guliston tumanida anor ko'chatlari tagidan 19 tup ko'knori giyohvandlik o'simligi aniqlandi

4 may kuni Guliston tumani IIB xodimlari tomonidan o'tkazilgan “Qora dori – 2021” profilaktik-tadbiri davomida, 1960 yilda tug'ilgan, Guliston tumanida yashovchi, X.Shning yashash xonadoni ko'zdan kechirilganda, yashash uyi tomorqasida anor ko'chatlari tagida bo'yi 20-65 sm bo'lgan 19 tup ko'knori giyohvandlik o'simligini ekib, parvarishlab o'stirayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur xolat yuzasidan Guliston tumani IIB huzuridagi TB tomonidan X.Sh ga nisbatan  JKning 270-m 1-q bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

loading...