Toshkentda 1 yoshli farzandini 5 ming dollarga sotishga uringan er-xotin ushlandi

0

Toshkentda bir yoshli farzandini 5 ming dollarga sotishga uringan er-xotinga jazo tayinlandi. Bu haqda MY5 telekanalining «Markaziy studiya» ko'rsatuvida ma'lum qilindi.  Telegram ma'lum qilinishicha, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 22 yoshli ayol hamda uning turmush o'rtog'i o'z farzandini 5 ming dollarga sotishga uringan vaqtida qo'lga olingan.«Menga Alisa qo'ng'iroq qilib, ko'rishishni taklif qildi. Biz ko'rishdik va u mening farzandimni asrab olmoqchi ekanini bildirdi. Men esa unga turmush o'rtog'im bilan gaplashib olishim kerakligini aytdim. Erim rad javobini berdi. Keyin u bizga 5 ming dollar pul taklif qildi. O'ylab ko'rib, uning qanday sharoitda yashashi bilan tanishgach, biz rozi bo'ldik», — deydi bolaning onasi.

Ta'kidlanishicha er-xotinning ikkisi ham mehribonlik uyida ulg'aygan. O'zlarining bir yoshli farzandini sotishga sabab qilib karantin davridagi qiyinchiliklarni ko'rsatgan.

«Karantin davrida bizga qiyin bo'ldi. Ishimiz ham yo'q edi. Mahalladan yordam so'radik, ammo yordam berishmadi», — deydi erkak.Erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi «a» bandiga asosan 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Bolaning onasiga tayinlangan jazo uch yillik sinov muddatiga almashtirilgan.

Avvalroq Navoiyda 3 yoshli farzandini 60 mln so'mga sotmoqchi bo'lgan ayol ushlangani, Buxoroda yangi tug'ilgan chaqaloqni 8 mln so'mga sotmoqchi bo'lgan ona va bola qo'lga olingani, Andijonda 3 oylik chaqalog'ini 700 dollarga sotishga uringan ayol ushlangani to'g'risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:Toshkent viloyatida 3 yoshli o'g'lini 4 ming dollarga sotmoqchi bo'lgan ayol ushlandi. U bundan oldin ham 5 yoshli o'g'lini sotib yuborgan Urganchda tug'ilmagan bolasini 9 ming dollarga sotmoqchi bo'lgan er-xotin qo'lga olindi

loading...