U rostdan ham bo'lganmi?

0

Kapitan Jek Chittak rostdan ham bo'lganmi?

2017 yilda Turkiyaning Daily Sabah gazetasida mashhur «Karib dengizi qaroqchilari» kinofilmi qahramoni kapitan Jek Chittakning (Jack Sparrow) prototipi Jek Uord ismli qaroqchi ekanligi ma'lum qilingan.

Gazetada yozilishicha, Uord 1550 yillarning o'rtalarida Angliyada tug'ilgan va afsonaviy qaroqchi sifatida mashhur bo'lgan. Uord bir kuni Tunisga suzib ketayotganida Islom dinini qabul qilgan. Kapitan qushlarni yaxshi ko'rganligi sababli unga Chittak laqabi berilgan. Umrining so'nggi yillarini Usmonlilar imperiyasiga xizmat qilib o'tkazgan. Uord shotlandiyalik yozuvchi va sayyoh Uilyam Litgoning esdalik yozuvlarida ham eslab o'tilgan. Yozuvchining ta'kidlashicha, qaroqchi dastlab g'oyatda ichkilikboz bo'lgan, ammo Islom dinini qabul qilganidan keyin alkogol ichishni batamom to'xtatgan. Litgoning so'zlariga ko'ra, Uord boshiga salla ham o'rab yurgan. Bundan tashqari, 1612 yilda ingliz dramaturgi Robert Daborn tomonidan yozilgan «Turkka aylangan xristian» (A Christian turn’d Turk) dramasi ham aynan Uordga bag'ishlangan. Unda muallif qaroqchining Islom dinini qanday qabul qilgani haqida hikoya qilgan. Kapitan Jek Chittak besh qismdan iborat «Karib dengizi qaroqchilari» filmlar seriyasining bosh qahramoni hisoblanadi.

 

 

 

loading...