Xo'rlangan qizga nisbatan qo'shimcha ma'lumot berildi

0

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda va messenjerlarda jismoniy imkoniyatlari cheklangan ayolga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo'layotganligi aks etgan video tarqalgani haqida xabar bergan edik.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan qo'shimcha tafsilotlarini e'lon qildi.

Xabarda aytilishicha, 24 yoshli Mohizoda V.ga shafqatsizlik qilinganligi fakti bo'yicha Mirobod tumani IIO FMB tergov bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110 moddasi 2 qismi “v” bandi (Qiynash, ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo'lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo'lsa) bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan edi.

Qo'shimcha tarzda shuni ma'lum qilamizki, mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumonlanuvchi 28 yoshli Mumtozbegim D. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 227 moddasiga asosan qo'lga olindi.

Bundan tashqari, Mirobod tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektor tomonidan Mohizoda V.ga himoya orderi topshirildi.

loading...