Yuz terisi ko'chishi nima sababdan sodir bo'ladi?

0

-Quyosh. Ultrabinafsha nurlari elastin va kollagen moddalarini yo'qotib, teri hujayralarini o'ldiradi. Keyin esa teri quruqlashadi. Bundan saqlanish uchun qishda ham quyoshdan saqlovchi kremlardan foydalaning.

-Mos kelmaydigan kosmetika. Epidermisga tarkibida alkogol va yog'li teriga mo'ljallangan qattiq yuvish vositalari bo'lgan kosmetika ta'sir ko'rsatadi. Kundalik foydalanadigan krem tanlayotanda spirt va kislotalarsiz bo'lishiga ahamiyat bering.

-Sovuqlik.Harorat va havo namligining pastligi teri yuqori qatlamlari qurishiga sabab bo'ladi. Epidermisni sovuqdan himoya qilish uchun ko'chaga chiqishdan oldin yog'li va oziqlantiruvchi kremlardan foydalaning.

-Issiq suv. Dush, hammom, sauna, bug' hammomi yoki shunchaki issiq suv bilan yuvinish teri teshiklarini kengaytiradi. Shuning uchun terida juda ko'p namlik yo'qotiladi.

SoglomHayot

loading...