Buxorodagi mehmonxona yerto'lasida yong'in sodir bo'ldi

0

Joriy yilning 30 may kuni soat 07:43da Buxoro shahar, M.Iqbol ko'chasida joylashgan “Sahid Zarafshan” DEVELECO GROUP MChJ mehmonxonasining yerto'lada yong'in sodir bo'lgan. Bu haqda Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, mehmonxonada joylashgan Boyler yozuvli suv isitish qozonining yuza qismidagi elektr simlari yongan.

Yong'in qutqaruvchilarining sa'y-harakatlari natijasida  soat 07:52 yong'in bartaraf etilgan.

Qutqaruv vaqtida mexmonxonadagi 24 nafar fuqarolar xavfsiz joyga ko'chirilgan.

Birlamchi ma'lumotga ko'ra, yong'inning sababi elektr simlarining nosozligi deb taxmin qilinmoqda.

Hozirda moddiy zarar aniqlanmoqda. Yong'inni bartaraf etishda 4 ta yong'in qutqaruv avtoekipajlari jalb etilgan.

Yong'indan kuyish tan jarohati va halok bo'lish holatlari aniqlanmagan.

loading...