Bir ota qiziga har bir o'qigan kitobi uchun 100 dollar pul mukofoti berishi va'da qilibdi. Bu taklif qizga juda yoqib, lekin kitob o'qishga hech toqati yo'q edi.
Qiz shu kitobni qisqacha syujetini internetdan topib, ikki varoqli matnni to'liq yod olibdi. Bu topqirligini otasi sezib qolmasligi uchun bir hafta o'qigandek yuribdi.
Bir haftadan so'ng «Otajon men kitobni o'qidim, endi 100 dollarni berasizmi?» deb so'rabdi va yodlagan matnini chiroylik qilib gapirib beribdi.
So'ng yana «Otajon endi 100 dollarni berasizmi?» dedi.
Ammo otasi qiziga kutilmagan javob beribdi: «Sen kitobni o'qimabsan, agar kitobni o'qiganingda ichidagi 100dollarni ko'rar eding!».