Menga sizdan boshqasi kerak emas

0

Bir yaxshi odam bir ayolga uylanmoqchi bo'libdi. Ayol ham rozi bo'libdi. Nikoh paytida haligi odam:
– Lekin mening bir aybim bor, g'azablangan paytimda badxulq bo'lib ketaman, – debdi.
– Sizni g'azablanishingizgacha olib borgan odam sizdan-da badxulqroqdir, – deya javob beribdi zukko ayol.
Bu oqilona javobdan lol bo'lgan haligi odam ayol gapini tugatar-tugatmas:
– Men orzu qilgan ayol sizsiz. Menga sizdan boshqasi kerak emas, – deb yuborgan ekan.

 

loading...