Shifokor vafot etdi

0

Toshkentda YTHga uchragan fuqaro shifoxonada vafot etdi

2021 yil 21 may kuni taxminan soat 20.00 da Yangihayot tumani Binokor ko'chasida «Lacetti» avtomobilini (davlat raqami 01 751 ANA) boshqarib borgan 1967 yilda tug'ilgan Sergey S. tartibga solinmagan piyodalar o'tish joyidan yo'lni kesib o'tmoqchi bo'lgan piyodani urib yuborgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

YTH natijasida priyoda – 1966 yilda tug'ilgan Asliddin B. badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazildi.

Joriy yilning 27 may kuni tibbiyot xodimlarining sa'y-harakatlariga qaramasdan Asliddin B. hayotdan ko'z yumdi.

Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan mazkur fakt bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi. Tergov olib borilmoqda.