Farg'onalik ona-bolalar Termizda ayol kishini chuv tushirdi

0

Farog'at (ismi o'zgartirilgan) asli farg'onalik. Ammo tirikchilik umidida qizi bilan Termiz shahrida yashaydi.

Bir kuni ular shahardagi Tuproqqo'rg'on mahallasida joylashgan “Zargarlik markazi”ga kelishdi va bu yerda tilla taqinchoqlar savdosi bilan shug'ullanuvchi Mahliyo bilan tanishib qolishdi. Avvaliga ona-bola Mahliyo bilan samimiy suhbatlashishdi va suhbat asnosida 9800000 so'mlik turli xil tilla taqinchoqlarni olishdi. Pulini esa ertasi kuni olib kelib berishlarini aytib, ishontirishdi. Ammo ona-bola firibgarlar taqinchoqlarni olib, shu ko'yi g'oyib bo'lishdi.

Holat yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atildi.

loading...