Tramp: «Kim Chen Inga Baydenning tishi o'tmaydi»

0

«AQSh prezidenti Jo Bayden Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan til topishmaydi», dedi AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp va uning o'zi Shimoliy Koreya rahbari bilan yaxshi munosabatda bo'lganligini aytdi.

«Bu biroz keskin boshlandi, lekin biz yaxshi munosabatda bo'ldik (Kim Chen In bilan – tahr.)», dedi Tramp Shimoliy Karolinada respublikachilar s'yezdida. Uning qo'shimcha qilishicha, AQShning amaldagi prezidenti Shimoliy Koreya rahbarini yoqtirmaydi, shuning uchun u bilan gaplashadigan odam yo'q.

«U (Kim Chen In – tahr.) – bu boshqa turdagi yigit, u bilan gaplashish uchun boshqa turdagi yigit kerak, ammo biz uni chetlatdik», dedi Tramp.

Trampning aytishicha, u prezidentligi davrida Shimoliy Koreya bilan muqarrar ko'rinadigan urushni to'xtatgan.

iz.ru

loading...