Siz buni bilarmidingiz?

0

Tuzxo'rlik. Yemishingizdagi tuz qancha ko'p bo'lsa, yurak – qon tomir kasalligiga chalinishingiz xavfi shunchalik ko'payadi.

Uyqusizlik. Kechqurunlari 4 soatdan kam uxlash organizm faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. “Sifatsiz” uyqu esa semirishga sabab bo'ladi.

Yolg'izlik. Sevimli va yaqin kishilaringizning yoningizda bo'lishi immunitetni mustahkamlab, depressiyalarning oldini oladi.

Solyariy. Ma'lumotlar bo'yicha ushbu maskanda ko'p bo'lishlik teri saratonini orttirib olish xavfini tug'diradi, bu ashaddiy tamaki chekuvchilarning o'pka saratoniga chalinishlariga qaraganda ko'proq ekan.

Yoqmaydigan ish bilan shug'ullanish. Ertalabdan kechgacha yoqmaydigan ish bilan shug'ullanayotgan kishidan ishsiz odam ancha baxtli va ruhan barqarordir – olimlar shunday hisoblaydilar.

Haddan tashqari ozodalik. Yon-atrofimizda va tanamizda mikroorganizmlar immun tizimimizni bir maromda ushlab turar ekan. Haddan tashqari tozalikka rioya etish tez-tez kasallanishga sabab bo'ladi.

Ko'p o'tirish. Kim kuniga 3-4 soatdan ko'proq o'tirishga o'rgangan bo'lsa, o'z umrini ikki yilga qisqartirar ekan. O'rganib qolish esa tobelikka zamin yaratadi.

loading...