«Lacetti» yo'lni kesib o'tayotgan 1-sinf o'quvchisini urib yubordi

0

Buxoro vilyaoti Buxoro tumanida «Lacetti» yo'lni kesib o'tayotgan 1-sinf o'quvchisini urib yubordi. Bu haqda Yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Chorbakir aholi punktida bir guruh bolalar yo'lning belgilangan qismidan kesib o'tayotgan bo'lgan. Aniqlanishicha, «Lacetti» mashinasining tezligi yuqori bo'lgani sabab 1-sinf o'quvchisini urib yuborgan. Mazkur hodisa oqibatida jabrlanuvchining oyog'i sinib, shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Jomboy tumanida «Nexia» avtomashinasi qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelib, yo'lning chekka qismidan ketayotgan 46 yoshli ayolni urib yuborgani xabar qilingan. Shuningdek, Angrenda 8 ta avtomobil to'qnashishi oqibatida 5 kishi halok bo'lgani ma'lum qilingan.

 

loading...