Qatar Tashqi ishlar vaziri O'zbekistonga tashrif buyuradi

0

9-10 iyun kunlari O'zbekistonga Qatar Davlati Bosh vaziri o'rinbosari, Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon bin Josim Ol Soniy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining Matbuot xizmati ma'lum qildi.

Bo'lajak uchrashuvlar va muzokaralar chog'ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi O'zbekiston-Qatar munosabatlarining hozirgi holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish hamda mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

darakchi.uz

loading...