Tanishini mix bilan o'ldirgan yigit videosini tarqatgan shaxs 7 sutkaga qamaldi

0

Samarqand viloyati Urgut tumanida yigit 50 yoshli tanishini mix bilan o'ldirgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu voqea aks etgan videoni internetda tarqatgan yigit ichki ishlar xodimlari tomonidan qo'lga olindi, deya xabar bermoqda Samarqand IIB.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning 6 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumanida qo'lidagi mix orqali bir kishini o'ldirayotgan fuqaro tasviri aks etgan videolavha tarqaldi va omma orasida turlicha muhokamalarga sabab bo'ldi.

Shov-shuvlarga sabab bo'lgan ushbu video yuzasidan IIB xodimlari tekshiruv ishlarini olib bordi. Videolavhani urgutlik Sh.S. tarqatgani ma'lum bo'ldi.

Fuqaro Sh.S. bilan bu kabi zo'ravonlik va shafqatsizlik aks etgan lavhalarni tarqatmaslik yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish uchun borgan IIB xodimlari faol qarshilikka uchragan.

Fuqaro Sh.S.ga tegishli tartibda ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi. Jinoyat ishlari bo'yicha Urgut tuman sudi tomonidan Sh.S. ga nisbatan 7 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.

 

Bundan avval Farg'onada tanishini 21 marta pichoq urib o'ldirgan erkak 19 yilga ozodlikdan mahrum etilgani, Sirdaryoda erkak uy-joy talashib, xolasi va uning farzandini o'ldirib, yoqib yuborgani hamda Toshkentda 5 yoshli o'g'lini urib o'ldirgan sport murabbiyiga sud hukmi o'qilgani haqida xabar berilgandi.

loading...