Xitoyda erkak pichoq bilan odamlarga hujum qildi, 5 kishini o'ldirdi

0

Xitoyning g'arbiy qismida joylashgan Anqing shahridagi piyodalar ko'chasida qurollangan erkak pichoq bilan odamlarga hujum qildi. U besh kishini o'ldirdi, 15 kishi jarohat oldi. Jinoyatchi voqea sodir etilgan joyda ushlangan.

Guvohlarning aytishicha, u qo'lidagi pichoq bilan o'tib ketayotganlarga besabab hujum qilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Yaradorlar kasalxonaga yotqizilgan.

korrespondent.net

loading...