Zangiotalik fuqaro o'g'rilik sodir etganidan 5 daqiqa o'tib qo'lga olindi

0

4 iyun kuni taxminan soat 20:00 larda Zangiota tumani «Tarnov» mahallasi hududida joylashgan qurilish mollari do'konidan noma'lum shaxs (qiymati 4 mln so'm bo'lgan) bir o'ram elektr simini o'g'irlanganligi haqida tezkor ma'lumot olinadi.

Gumonlangan shaxs «Mevazor» mahallasi hududidagi makkajo'xori dalasiga yashirinayotgan vaqtda, ushbu mahalla hududida xizmat o'tayotgan Toshkent viloyati IIBB PPX xodimlari safdor Jalol Ne'matov va safdor Otabek Otajonov tomonidan o'g'irlik sodir bo'lgan vaqtdan 5 daqiqa o'tib qo'lga olinadi va qonuniy chora ko'rish uchun tuman IIB olib boriladi.

loading...