Bayden Putinga signal yubormoqchi edi

0

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy hukumatiga G'arb davlatlarining birligi to'g'risida signal yubormoqchi edi. Uning so'zlari haqida TASS xabar bermoqda.

Amerika rahbari yaqinda bo'lib o'tayotgan G7 va NATO sammitlari Moskva va Pekinga Amerika tomonining Yevropa Ittifoqiga “juda yaqin” ekanligini ko'rsatishiga umid qildi. U Shimoliy Atlantika ittifoqini mustahkamlashni Yevropaga tashrifining asosiy maqsadi deb atadi.

Avvalroq Bayden Putin bilan muzokaralardan kutganlari bilan o'rtoqlashgandi. U kiberxavfsizlik masalalarida Rossiya rahbari bilan o'zaro kelisha olishiga shubha qildi. Amerika prezidentining qo'shimcha qilishicha, kiberxavfsizlik, albatta, rossiyalik hamkasbi bilan suhbatining mavzusi bo'ladi.

TASS

 

loading...