Chirchiq daryosiga cho'milish uchun borgan uch nafar voyaga yetmagan bola suv sathi keskin ko'tarilib, orolchada qolib ketdi

0

Kecha, 8 iyun kuni soat 21:00da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Sergeli tumani hududidan oqib o'tuvchi Chirchiq daryosi o'rtasida uchta voyaga yetmagan bolalar qolib ketganligi to'g'risida xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum bo'lishicha, Chirchiq daryosida uch nafar bola cho'milish maqsadida daryo o'rtasidagi orolchaga suzib borishgan. Ammo suv sathining keskin ko'tarilganligi va oqim tezlashganligi tufayli orqaga qaytishni imkoni bo'lmay qolgan.

Mazkur holat bo'yicha, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi suvda qidiruv-qutqaruv guruhi qutqaruvchilari zudlik bilan belgilangan hududga yetib borishdi. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida, orolchada qolib ketgan uch nafar bolalar maxsus kichik hajmli kemada qirg'oqqa olib o'tilib, ota-onalariga topshirildi.

«Yuqoridagilardan kelib chiqib, fuqarolarimizdan suv havzalarida cho'milayotganda xavfsizlik qoidalariga rioya etishingizni hamda faqat ruxsat berilgan suv havzalarida cho'milishingizni so'raymiz», – deyiladi FVV xabarida. 

loading...