Lavozimlar muborak bo'lsin!

0

Muqimiy teatriga yangi rahbar tayinlandi

Aleksandr Bekjonov Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatri direktori etib tayinlandi. Yangi rahbar Madaniyat vazirligi vakillari ishtirokidagi yig'ilishda jamoaga tanishtirildi.

Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Bahodir Ahmedov Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatriga direktor etib O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Aleksandr Bekjonov tayinlanganligi rasman e'lon qilindi.

Eslatib o'tamiz, 2016 yildan Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatri direktori sifatida faoliyat ko'rsatib kelgan O'zbekiston xalq artisti Mirza Azizov joriy yilning 15 aprel kuni 58 yoshida koronavirus infeksiyasi asoratlaridan vafot etgandi.

 

loading...