Musulmonlar xavf ostidami?

0

Kanadaning AQSh chegarasiga yaqin London shahrida bir musulmon oilaning 4 a'zosi o'ldirildi.

Yakshanba, 7 iyun tunida piyodalar yo'lagida ketayotgan insonlarning ustiga avtomobil haydalgan.

Oqibatda 46 yashar eri, 44 yashar xotini, 15 yoshli qizi, 74 yashar buvi halok bo'lgan, 9 yoshli o'g'il jarohatlangan.

Politsiya 20 yoshli haydovchi Natanial Veltmanni hibsga oldi.

Unga qotillik va qasddan odam o'ldirishga urinish ayblari qo'yildi.

Gumondor va qurbonlarning biror bir tanishligi bor-yo'qligi hozircha ma'lum emas.

Politsiya musulmonlar dini uchun nishonga olinganini, bu qasddan sodir etilgan nafrat jinoyati ekanini aytdi.

Ammo gumondorning qandaydir irqchi yoki dinchi guruhga mansub ekanini halicha aniqlamagan.

Faqat uning bundan avval sudlanmagan ekani ma'lum.

Shaharning aksar yashovchilari hujumdan larzaga tushdilar.

Hodisa joyiga gullar qo'yilib, halok bo'lganlar ruhiga hurmat bajo keltirildi.

Shahar hokimi jinoyatni ommaviy qotillik, deb atab, bayroqlarni tushirishga buyruq berdi.

Kanada Bosh vaziri Jastin Trudo «bu yangilikdan dahshatga tushgan»ini aytdi.

«Nafrat amalidan terror qilinganlarning suyuklilari biz sizlar bilan birgamiz», deb yozdi u Tvitterda.

Hujum sathi

Hujum sathi

Bu butun musulmon jamoasini dahshatga soldi, dedi Kanada musulmonlari kengashi rahbari Mustafo Farrux.

«Afsuski, musulmonlarga qarshi hujumlar ham Kanada, ham dunyoning boshqa joylarida ro'y berayapti», dedi Kanada musulmonlari kengashi rahbari.

Politsiya hujumchiga qasddan sodir etilgan qotillik bandlarini qo'ydi, terrorizm ayblovini ilgari surish haqida o'ylab ko'rilayotganini bildirildi.

London hujumi Kanadadagi 2017 yil yanvaridagi Kvebek masjidiga qurolli hujumdan keyingi eng halokatli jinoyat bo'ldi.

O'shanda qurolli hujumchi masjid ichiga kirib 6 namozxonni otib o'ldirgan, 5 musulmonni yaralagan edi.

Ertaga, payshanba kuni Londondagi hujumga uchragan oila chiqib yurgan masjidda maxsus diniy marosim ham o'tkazilmoqchi.

Manba: BBC NEWC

loading...