Ot go'shti iste'mol qilish tug'uruq vaqtini kechiktiradimi?

0

Ot go'shti iste'mol qilish tug'uruq vaqtini ortga surishi tibbiyotda isbotlanmagan. Ammo xalq orasida shunday qarashlar uchrab turadi. Bunga sabab ot odatdagidek — 9 oyda emas, 11 oyda bolalaydi.

-Shunga ko'ra, homiladorligida ot go'shti iste'mol qilgan ayollarda ham tug'uruq kech boshlanadi degan qarashlar mavjud. Ammo bu o'z isbotini topmagan.

– Kech tug'uruqning sabablari turlicha. Asosiy sabablardan biri bu — irsiy moyillik. To'g'ri taomlanish ham o'z ta'sirini o'tkazadi. Misol uchun, homilador ayol ko'p xamirli ovqat iste'mol qilsa, homila rivojlanishida kechikish kuzatilishi mumin.

-Eng asosiysi, homilador ayol hamisha nazoratda bo'lishi va tekshiruvlardan o'z vaqtida o'tib turishi kerak.

«Sog'lom hayot»

loading...