Ovqat tayyorlashni umuman bilmaydigan mashhurlar (foto)

0

Yulduzlar ovqat tayyorlashni bilishi kerakmi? Bir tomondan, ular har doim yordamchilarni yollashlari mumkin, ikkinchidan, bu ko'nikma, masalan, karantin sharoitida asqatishi mumkin. Biroq barcha mashhurlar ham oshpazlik iste'dodi bilan maqtana olmaydi.

Jennifer Lourens

Aktrisa intervyularining birida «Ko'pgina narsalar qo'limdan kelmaydi: mazali ovqat tayyorlashni, uy tozalash va tikishni bilmayman», — deb tan olgan.

Tayra Benks

Model farzandli bo'lishdan oldin ovqat pishirishni bilmagan: u odatda restoranlarda ovqatlangan yoki uyda tayyor ovqatga buyurtma bergan. Ammo u ona bo'lganida, oshpazlik kursiga borishga qaror qilgan.

Sofiya Vergara

«Amerikacha oila» seriali yulduzi ABC kanaliga bergan intervyusida shunday degan: «Men ovqat pishirishni bilmaganman va bilmayman ham. Muzlatgichimda har doim tayyor arepas («nachunka»li kolumbiya noni) bo'ladi. Och qolsam, ulardan birini olaman-da, yeb ketaveraman».

Penelopa Kruz

Aktrisa filmlarida uning oshpazlik mahorati haqiqatga qaraganda ancha yaxshi namoyish etilganini tan oladi. Buning uchun u kurslarga ham borgan. Ammo u yerda, asosan, sabzavotlarni tez va chiroyli qilib kesishni o'rgangan.

Eva Mendes

Eva ham ovqat qilishni bilmasligini va haftada 3-4 marta tayyor ovqatga buyurtma berishni tan oladi: «Men o'rganishni istardim, chunki bu foydali mahorat… Biz tez-tez restoranlarga boramiz… Kechki bazmlarda do'stlarim ovqat pishiradi, menga esa u yerning atmosferasi yoqadi».

Beyonse

Xonandaning aytishicha, ovqat tayyorlashga umuman uquvi yo'q. Uning Nyu-York Times’ga bergan intervyusida «Men ovqat pishirishni umuman bilmayman, lekin taomni tatib ko'rishga ustaman», — degan. Onasi Tina Noulz ham ovqat tayyorlash qizi bilmaydigan yagona narsa ekanini ta'kidlaydi.

Kira Naytli

Aktrisa o'zini oshxonadagi falokat deb ataydi: «Men dunyodagi eng yaxshi oshpaz emasman. Men urunib ko'rganman, lekin bundan hech narsa chiqmagan».

Priyanka Chopra

Hindistonlik aktrisa, musiqachi Nik Jonasning rafiqasi soxta kamtarliksiz shunday deydi: «Men ovqat pishirolmayman. Ammo yeyishim mumkin»

Polina Gagarina

Mashhur xonanda oshxona bilan ishi yo'qligini tan oladi. Shu bilan birga, u buterbrod yoki go'shtni yaxshi tayyorlay olishini aytadi. Ammo qiyin va uzoq vaqt oladigan taomlarni tayyorlashni odatda uning eri — fotograf Dmitriy Isxakov o'z zimmasiga oladi.

Daryo.uz

loading...