Taniqli jurnalist Safar Ostonov vafot etdi

0

Taniqli jurnalist, «O'zbekiston ovozi» gazetasi bosh muharriri, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Safar Ostonov 73 yoshida vafot etdi.

Kun.uz manbasi ma'lumotiga ko'ra, marhum aprel-may oylarida koronavirusga chalinib shifoxonada davolanib chiqqandi. Uning o'limiga ushbu kasallik asoratlari sabab bo'lgani taxmin qilinmoqda.

Safar Ostonov 1948 yilda Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumanida tug'ilgan, 1972 yilda Toshkent davlat universitetini jurnalistika yo'nalishida tamomlagan.

U 2000-yillar boshlaridan beri «O'zbekiston ovozi» nashrida bosh muharriri edi. 1999 yilda O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan jurnalist davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Safar Ostonov 2019 yil dekabrida bo'lib o'tgan parlament saylovlarida 63-Kattaqo'rg'on saylov okrugidan Xalq demokratik partiyasi nomidan Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo'mitasi a'zosi edi.

loading...