Tillarga tushgan avtomaktab

0

Pastdarg'om tumani Go'zalkent hududidagi «Dono bobo fayz”  mas'uliyati cheklangan jamiyati tasarrufidagi bu avtomaktabning faoliyat ko'rsata boshlaganiga hali unchalik ko'p vaqt bo'lgani yo'q. Ammo uning nomi  tezda tilga tushdi, haydovchilikka havasmand yoshlar shu yerga o'qishga kela boshlashdi.

— 2020 yildan ish boshlagandik, – deydi MChJ direktori Suyun Xidirov.  –Qisqa vaqtda barcha sharoitlarni yaratib oldik, o'quv, mashg'ulot xonalari, maydonchalarini zarur vositalar bilan jihozladik. Hozir bittadan  avtobus, yuk mashinasi va uchta yengil mashinaga egamiz. O'quvchilar ulardan ustalarimiz boshchiligida mashg'ulotlar paytida foydalanishadi.

Ish yurituvchi Xurshid Turdiniyozovning aytishicha,  “V” va “VS” toifalari bo'yicha haydovchilar tayyorlanayapti. O'tgan davr ichida 20 dan ortiq guruhda o'qigan o'quvchilar haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lishgan. Avtomaktabda o'qituvchilar, ustalar bo'lajak haydovchilarga kasb-hunar o'rgatishayotgan bo'lsa, bir nafar hamshira butun jamoa sog'ligi borasida jon kuydirmoqda.

Alimardon XUDOYQULOV

loading...