TISh NEGA SINADI?

0

Tishlarning sinib to'kilishiga tish tarkibi va organizmda (suyaklarda) kalsiy moddasining yetishmayotganligi sabab bo'lishi mumkin.
Shuningdek, agar insonning jag' tishlari tushgan yoki olingan bo'lsa, unda bu holat boshqa tishlarga ham o'z ta'sirini o'tkazib, yemirila boshlashi mumkin.

– Noto'g'ri ovqatlanish, kundalik ovqat ratsionida kalsiy va vitaminlarning yetishmasligi orga-nizmda kalsiy moddasining tanqisligiga olib keladi.
Agar ovqatlanish tartibi me'yorda bo'lib, ratsion to'g'ri tashkil qilingan bo'lsa, demak, u holda, kalsiy moddasi so'riladigan organlar, ichaklarda nuqson mavjud bo'lishi mumkin. Bular sirasiga ichaklarning yengil yallig'lanishi, ichaklarda eroziya yoki murakkab yaralarni kiritish mumkin.

– Bu kasalliklar bor-yo'qligini aniqlash uchun terapevt-shifokor ko'rigidan o'tib, ma'lum davo muolajalarini olish kerak. Shuningdek, stomatolog-shifokor ko'rigidan o'tishingizni maslahat beramiz.
Kasallikni davolash tartibi tashxisga qarab belgilanadi. Zarur bo'lsa, bemorga vitamin kompleksi buyuriladi.

loading...