Yangilik! O'zbekiston va Tojikiston birgalikda avtomobil ishlab chiqarishi mumkin

0

O'zbekiston prezidentining Tojikistonga tashrifi arafasida 9 iyun kuni Boxtar shahrida birinchi O'zbekiston — Tojikiston hududlararo investitsiyaviy forumi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli qo'shma loyihalarni amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash va ilgari surish maqsadida 50 mln dollarlik ustav kapitaliga ega O'zbekiston — Tojikiston investitsiya jamg'armasi tashkil etilgani tilga olingan.

Forum yakunida Tojikiston Hukumati huzuridagi Eksport agentligi bilan O'zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag'batlantirish agentligi o'rtasida hamkorlik to'g'risida bitim, avtomobil, transformator, maishiy texnika ishlab chiqarish bo'yicha qo'shma korxonalarni tashkil etishga oid bitimlar, shuningdek, bir qator savdo shartnomalari imzolangan. Hujjatlarning umumiy summasi 730 mln dollarni tashkil etgan.

loading...