Bola jigardan bo'lmaganmidi? 1 yoshli qizini sotayotgan jigarfurush ayol ushlandi

0

Surxondaryo viloyatida Rossiyada tug'ilgan 1 yoshli qizini sotayotgan ayol qo'lga olindi. Bu haqda «Bugun.uz» «Zamon»ga tayanib xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, ichki ishlar organi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o'tkazilgan. Unda Qiziriq tumanida yashovchi 23 yoshli ayol jarqo'rg'onlik D. ismli ayolga 1 yoshli qiz farzandini sotmoqchi bo'lgani aniqlangan.

Ta'kidlanishicha, ayol Rossiyaning Moskva shahrida tug'ilgan bolani 12 600 000 so'mga pullaganida tadbir xodimlari tomonidan qo'lga olingan. Shuningdek, ayol chaqaloqni boqishga qiynalgani, uni ota-onasi qabul qilmasligini aytgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo'limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqandda 3 kunlik chaqalog'ini 3000 dollarga pullagan ayol ushlangani xabar qilingan. Shuningdek, Navoiyda ayol nikohsiz tug'ilgan chaqalog'ini 25 ming dollarga sotmoqchi bo'lgani ma'lum qilingan.

loading...