Dilnoza Kubayevaning qayg'usi!..

0

Dardi, alami, g'ussasi!..

U «Keligindi kelin» filmidagi roli orqali mashhur bo'lib ketdi. Biroq keyinchalik Dilnoza mana shu filmda ochiq — sochiq kiyingani uchun uyalishini aytib o'tdi. So'ngira, uning qayg'ulari boshlandi. Ro'mol o'raganlarga yopishayotganlarni ko'rib, ezildi. Yarim yalang'och kiyinib yurgan qizlarni ko'rib achindi. Ajablanarlisi, ularning mushugini birov pisht demas edi. Shuningdek, masjidlar ko'payganidan, nomoz o'qiydiganlar ko'payganidan xursand bo'ldi. Ayni chog'da qalloblar, vatanfurushlar, o'g'rilar, lo'ttibozlar, porxo'rlar yanada oshganidan qayg'uga botdi. Masjidga boradi. Nomozni o'qiydi. Ma'ruzani tinglaydi. Undan chiqishi bilan aldashga o'tib ketadi. Birovlarni chuv tushirishga o'tib ketadi… Ex!..

loading...