Farg'onada fuqaroni O'sh davlat universitetiga o'qishga kiritishni va'da qilgan firibgar ayol qo'lga olindi

0

Farg'ona viloyati O'zbekiston tumanida fuqaroni Qirg'iziston Respublikasi O'sh davlat universitetiga o'qishga kiritib qo'ymoqchi bo'lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Matbuot xizmati ma'lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning O'zbekiston tumani bo'limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.G'. boshqa bir fuqaro S.ning ishonchiga kirib, uni Qirg'iziston Respublikasi O'sh davlat universitetiga o'qishga kiritib qo'yish evaziga 600 AQSh dollarini firibgarlik yo'li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here