Janjallashayotgan yigit va qizni ajratmoqchi bo'lgan kafe rahbari pichoqlandi

0

Toshkent shahrida janjallashayotgan ikki xodimini ajratishga uringan kafe rahbari pichoqlandi. Bu haqda «Zamon» xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahridagi kafelarning birida ishlaydigan surxondaryolik yigit va toshkentlik qiz o'zaro janjallashgan. Qiz hamkasbiga pichoq bilan tashlanib, o'ldirish bilan qo'rqitgan paytda atrofdagilar janjalga aralashgan. Qiz janjal haqida qarindoshiga aytgan va qo'ng'iroq qilib ularni chaqirgan. Janjalga uning amakivachchasi va do'sti yetib kelgan. Ular janjal paytda ikki xodimini ajratishga uringan kafe rahbarini pichoqlab qo'ygan.

Sudda sudlanuvchi qiz, uning amakivachchasi va do'stiga nibatan sud hukmi o'qilgan. Qizning qarindoshi Y.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-modda (Qasddan odam o'ldirish) 2-qismining «l» bandi bilan 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. R.N.ga nibatan  Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismining «g» bandi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Shuningdek, sudlanuvchi qiz R.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 112-moddasi (O'ldirish yoki zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish) 1-qismi bilan ish haqining 30 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolib, 1 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Avvalroq Surxondaryoda erkak janjal oqibatida tanishini pichoqlagani xabar qilingandi. Shuningdek, Jizzaxda erkak xotiniga 27 marta pichoq urgani ma'lum qilingan.

loading...