Jeff Bezosga dam berishi mumkin bo'lgan milliarder ma'lum bo'ldi

0

Britaniyalik milliarder Richard Brenson amerikalik «kosmik raqibi» milliarder Jeff Bezosni kosmosga parvoz bo'yicha ortda qoldirishi mumkin. Bu haqda «Parabolic Arc» xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, milliarder Richard Brenson o'zining «Virgin Galactic» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqalgan «VSS Unity» raketasi bilan 4 iyulda kosmosga parvoz qilishni rejalashtirgan bo'lib, buning amal oshish yoki oshmasligi esa AQSh Federal aviatsiya boshqarmasidan litsenziya olish tezligiga bog'liqdir.

Ma'lumot o'rnida, dunyoning eng boy odami, «Amazon» kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos o'zining «Blue Origin’s New Shepard» qurilmasida akasi va auksion g'olibi bilan 20 iyul kuni kosmosga uchishini ma'lum qilgan. Onlayn kimoshdi savdosi g'olibi esa 12 iyun kuni real vaqtda onlayn savdo paytida e'lon qilinishi xabar berilgan.

Avvalroq Jeff Bezosning «New Shephard» kemasi sayyohlarni kosmosga olib chiqishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Bezos «Amazon» kompaniyasi ishchilariga qarshi kurashishi ma'lum qilingan.

loading...