KOFENING QANDAY FOYDALARI BOR?

0

Ushbu ichimlikning, agar undan oqilona iste'mol qilinsa, qator foydali tomonlari ham bor, jumladan:

– Aqliy faoliyatni yaxshilaydi.

– Kayfiyatni ko'taradi, tetik va bardam qiladi, kuchga kuch qo'shadi.

– Bosh og'rig'ini to'xtatadi, migrenning oldi olinadi.

-Charchoq, loxaslik, uyqu bosishini bartaraf qiladi.

– Antidepressant modda sifatida ruhiy tushkunlikka tushish, umidsizlik, g'amginlik, istaklarning kamayib qolishi, o'z joniga qasd qilish kabi holatlarni oldini oladi, yo'qotadi.

– Xotirani rag'batlantiradi, uning yomonlashuvini to'xtatadi. Alsgeymer va Parkinson kasalliklarini oldini oladi.

– Uyqu dorilar hamda har xil zaxarlanishlar ta'sirini kamaytiradi.

– Oshqozon faoliyatini rag'batlantiradi.

– Past qon bosimini me'yorlashtirishga yordam qiladi.

– Kofein o'zining xususiyati bilan saraton kasalligining oldini oladi.

– Shu narsani esda saqlash kerakki, kofening yuqorida qayl qilingan foydali jihatlari undan me'yorida iste'mol qilinganida kuzatiladi. Kunlik me'yor esa o'rtacha 200-300mg kofeinga teng.

loading...