Navbatdagi ofat «Qora mog'or»mi?

0

Lotin Amerikasi davlatlaridan biri bo'lmish Gondurasda 58 yoshli bemorda koronavirusdan tuzalganidan ikki hafta o'tgach, «qora mog'or» yoki mukormikoz (xavfli qo'ziqorin infeksiyasi) qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog'liqni saqlash vazirligiga tayanib, «FAN» xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, erkak koronavirusdan tuzalgandan so'ng 2-3 hafta o'tgach, Kortes bo'limidagi kasalxonaga murojaat qilgan. U yuzning o'ng qismida shamollash va kuchli og'riq, ko'z ichining og'rishi va ko'rishning xiralashishi, bosh og'rig'i hamda yuqori jag'ning nekrotik shikastlanishidan shikoyat qilgan. Tibbiyot markazi ma'lumotlariga ko'ra, hozirda bemorning sog'lig'i barqaror.

«Gondurasda allaqachon ‘qora mog'or’ni yuqtirish holatlari bo'lgan. U ilk bor bundan 40 yil oldin qayd etilgan», — degan mamlakat sog'liqni saqlash vaziri Flores. Shuningdek, u kasallik odamdan odamga yuqmasligini va immuniteti zaif odamlar uchun bu infeksiya xavfli ekanini ma'lum qilgan.

Avvalroq Osiyodagi yana bir mamlakatda «qora mog'or» kasalligi aniqlangandi. Shuningdek, Hindistonda aniqlangan «qora mog'or» yana bir davlatda qayd etilgandi.