Qidiruvdagi alimentchi ota topilgach, oilasi bilan yarashdi

0

Fuqarolik ishlari bo'yicha Guliston tumanlararo sudining 25.08.2018 yildagi sud buyrig'iga asosan, qarzdor O.K.dan undiruvchi S.Sh.ning foydasiga uning tarbiyasidagi bir nafar farzandining ta'minoti uchun qarzdorning har oydagi daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan bo'lib, mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Xovos tumani bo'limi ish yurituviga kelib tushgan va tegishli tartibda ijro ishi yurituvi qo'zg'atilgan.

Qarzdor O.K. ma'lum muddat aliment pullarini o'z vaqtida oyma-oy to'lab kelgan. Biroq, 2020 yil may oyidan aliment to'lamasdan, qochib yurgan.
Shu sababli, O.K.ning aliment qarzi 9,5 mln. so'mni tashkil qilgan. Oxirgi yashash manzili aniq bo'lmaganligi bois, unga nisbatan qidiruv e'lon qilingan hamda qarzdor ota Toshkent shahridan topilgan va Byuroning tuman bo'limiga olib kelingan.

Shundan keyin, bo'lim xodimlari tomonidan qarzdorga 1 yil mobaynida to'lanmagan aliment qarzdorligi uchun kelib chiqishi mumkun bo'lgan huquqiy oqibatlari tushuntirilgandan keyin, qarzdor ota 1 yil davomida to'lanmasdan kelingan 9,5 mln.so'm qarzdorlik undirildi.

Ota farzandi uchun alimentni to'lab bergan bo'lsa-da, Byuroning Xovos tumani bo'limi davlat ijrochisi Sh.Maraimov oilani tiklashga harakat qilib, 3 yildan buyon ajrimdagi er va xotinga nisbatan tushuntirish va profilaktik tadbirlarni olib bordi.

Natijada, ular farzandining kelajagiga befarq bo'lmay, yarashishdi. Oila tiklanib, undiruvchining iltimosiga ko'ra aliment to'g'risidagi ijro hujjati tamomlandi.

Asosiysi, yana bir oila tiklanishiga erishilib, voyaga yetmagan farzandining but oilada kamol topishiga sharoit yaratildi.

Majburiy ijro byurosi Xovos tumani bo'limi

loading...