Qo'qon shahrida firibgar ayol qo'lga olindi

0

Qo'qon shahri. 22 aprel kuni fuqaro E.B. IIBga murojaat qilib, unda 3 aprel kuni noma'lum shaxs ishonchiga kirib, misdan yasalgan taqinchoqni tilla-taqinchoq ekanligini aytib aldab, 150.000 so'm evaziga sotib ketganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo'qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.M. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

loading...