Samarqandda ilk marta buyrak ko'chirib o'tkazish amaliyoti bajarildi

0

Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining malakali mutaxassislari samarqandlik shifokorlar bilan birgalikda viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazida noyob jarrohlik amaliyotini o'tkazishdi. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Bunga qadar buyrak transplantatsiyasi oparetsiyasi yurtimizda faqatgina Toshkent shahrida Respublika shoishilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida amalga oshirilar edi.

Qariyb uch soat davom etgan, Samarqanddagi ilk buyrak transplantatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bulung'urlik 31 yoshli O.Xo'jaqulov ancha yillardan buyon buyrak yetishmovchiligi bilan og'rib kelar edi. Bugun unga ukasi M.Xo'jaqulov bir buyragini berdi. Eng muhimi, har ikkovining ham ahvoli yaxshi va ular tibbiy standartlar asosida shifokorlar nazoratida.

loading...