Tezkor! 4 yigitni tuproq bosib qoldi, ulardan uch nafari halok bo'ldi

0

Kecha, 9 iyun kuni soat 05:30 larda voyaga yetmaganlar S.K.(2006 y.t.), S.M.(2007 y.t.) va D.M.(2004 y.t.)lar va fuqaro S.U.(1990 y.t.)ni Qo'ng'irot tumani, “Suo'enli” OFY hududining cho'l qumlik qismida, yer ostida bo'lgan suv quvurini qazib olayotgan vaqtida, tuproq o'pirilib bosib qoldi. Bu haqda Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi xabar bermoqda.

Natijada, fuqaro S.U., S.K. va S.M.lar voqea joyida vafot etgan, voyaga yetmagan D.M. esa tuproq ostidan chiqarib olinib, Qo'ng'irot tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo'ng'irot tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Natijasi bo'yicha qo'shimcha ma'lumot beriladi.

loading...