20 sotix yer maydonini fuqaro nomiga o'tkazib berishni va'da qilgan firibgar ushlandi

0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o'tkazildi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Matbuot xizmati ma'lum qildi.

Tezkor tadbirda fuqaro Sh.B. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro B.ning ishonchiga kirib, unga Jizzax shahar hududida xususiy ta'lim muassasasi qurish uchun 20 sotix yer maydoni ajratish haqidagi shahar hokimi qaroriga Jizzax viloyat prokuraturasi tomonidan keltirilgan protestni tanishlari orqali bekor qildirib berishini aytgan.

Uning nomiga qayta hujjatlashtirib berish xizmati uchun 2 500 AQSh dollariga kelishib, shundan avans tariqasida 5 mln so'mni olgan vaqtida ashayoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

loading...