Ajoyib sovg'a! Bayden birinchi chet el safarida Britaniya vaziriga velosiped sovg'a qildi

0

AQSh prezidenti Jo Bayden amaldagi rahbar sifatida o'zining ilk chet elga safarida Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bilan uchrashdi. Uchrashuv ramzi sifatida Bayden Jonsonga Amerikada mazxsus buyurtma asosida ishlab chiqarilgan velosiped va shlem sovg'a qildi. Bu haqda «Reuters» xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, ushbu sovg'a «do'stlik va ularning velosipedga bo'lgan qiziqishini e'tirof etish belgisi» hisoblanadi. Jonson, o'z navbatida, Baydenga amerikalik qora tanli huquq faoli Frederik Duglasning devoriy suratini topshirgan. Siyosatchilarning turmush o'rtoqlari ham bir-birlariga esdalik sovg'alari ulashgan.

Ma'lumot o'rnida, Bayden va Jonson 10 iyun kuni London va Vashington hamkorlik qilish niyatida bo'lgan sakkizta muhim yo'nalishlarni o'z ichiga olgan 1941 yilgi kelishuv asosida yaratilgan yangi Atlantika Xartiyasini imzoladi. Keyinchalik, jurnalistlar bilan suhbatda AQSh prezidenti Buyuk Britaniya bosh vaziri bilan «juda samarali uchrashuv» o'tkazganini aytdi.

Avvalroq Bayden Yevropaga tashrifni Rossiyani ogohlantirish bilan boshlagani haqida xabar qilingandi. Shuningdek, Bayden Putin bilan uchrashishidan oldin Ukraina prezidenti bilan suhbatlashgani ma'lum qilingan.

loading...