Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda kontrabanda jinoyati fosh etildi

0

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida “Buxoro aeroporti” chegara bojxona postiga “Dushanbe-Buxoro” yo'nalishidagi aviareys bilan Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahridan postning “yashil” yo'lagi orqali O'zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan Tojikiston Respublikasi fuqarosi bojxona nazoratidan o'tkazilganida, unga tegishli bo'lgan qora rangli sumkada 8 ta konvalyutada jami 80 dona, “Antikamen” yozuvli dori qutining flakoni ichida ko'k va oq rangli “Tramadol” giyohvandlik vositasiga o'xshash 71 dona, oq va qizil rangli kapsula ko'rinishdagi 98 dona, yashil rangli kapsula ko'rinishdagi 6 dona, oq va jigar rangli kapsula ko'rinishdagi 2 dona, “SOMNOL Zopiklon 7,5 MG” yozuvli 7 dona tabletka, 1 dona “ACTIVE” 100 ml. yozuvli, 1 dona “MEKOL” 40 g yozuvli, 1 dona “TRIDOKS” 15g.li yozuvli MAZ ko'rinishidagi siqma plafonlar, shuningdek, qo'l sumkasi ichidan 4 dona “Tramadol” psixotrop tabletkasi, arab alifbosidagi yozuvlari bo'lgan broshyura, paypoqlari orasidan 3 dona polietilen bo'lagiga o'ralgan, qoramtir rangli, yumshoq-smolasimon, o'ziga xos hidli, giyohvandlik vositasiga o'xshash modda, xotirasida O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan diniy mazmundagi audio va video lavhalar bor bo'lgan “Galaxy A50” rusumli qo'l telefoni aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

loading...