Farg'onalik ota farzandi uchun 2030 yilgacha bo'lgan alimentni to'ladi

0

Majburiy ijro byurosi Farg'ona tuman bo'limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo'yicha Farg'ona tumanlararo sudining 27.11.2012 yildagi 3268/13-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor A.Sodiqovdan undiruvchi M.Madaminovadan foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud.
Ijro hujjati bo'yicha qarzdor A.Sodiqovdan aliment qarzi muntazam ravishda o'z vaqtida undirib kelinganligi sababli undiruvchi M.Madaminova tomonidan aliment masalasida e'tiroz kelib tushmagan.
Navbatdagi aliment pulini to'lash uchun kelgan qarzdor A.Sodiqovga davlat ijrochisi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.10.2018 yildagi “Alimentlarni oldindan to'lash, shuningdek aliment to'lash majburiyatini ta'minlash bo'yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to'g'risida”gi Nizom talablari tushuntirilgan.
Shundan so'ng, joriy yilning 09 iyun kuni qarzdor A.Sodiqov farzandi R.Madaminovning 18 yoshga to'lgunga qadar, ya'ni 2030 yilgacha davr uchun hisoblangan 71 mln. so'm aliment pulining bir qismini 3000 AQSh dollari ko'rinishida undiruvchi M.Madaminovaga shaxsan topshirgan bo'lsa, bank plastik kartasiga 40 mln. so'm pul mablag'larini o'tkazib bergan.
Shu tarzda, undiruvchi M.Madaminovaning arizasiga ijro ishi bo'yicha ish yurituvi tamomlanib ijro hujjati unga qaytarilgan.

loading...