Otarchi, bir tiyinga olmay qo'ydi!..

0

Qornim och. Bitta nonga pul bering, kecha nonushta qilgandim. Buxanka nonni sovuq suvga botirib. Shundan beri yuribman, aka, degandi bundan roppa rosa to'rt yil muqaddam san'at institutida o'qiydigan bir tanishim. Men uni to'g'ri oshxonaga olib bordim. Obdon qornini to'yg'azdim. So'ng bir haftaga yetadigan pul berdim. Shu bilan u qorasini o'chirib ketdi. Meni esimdan ham chiqdi. Yaqinda bitta to'yxona yonida duch kelib qoldik. Eshshakni ko'rishgisi kelmaydi. Keyin sekin surishtirib bilsam, pichog'i moy ustida emish. Kuninga ikki uchta to'yi bor ekan… Men o'shanda qornini to'yg'azganimni minnat qilmoqchimasman. Shunchaki, u odamgarchilikni esidan chiqarib qo'yganiga achinaman!..

loading...