Turkiyada o'zbekistonliklar uchun karantin bilan bog'liq ayrim cheklovlar bekor qilinmoqda

0

Turkiya Respublikasida epidemiologik vaziyat barqarorlashmoqda. Bu haqda xabar bergan O'zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining ma'lum qilishicha,  Turkiyada o'zbekistonliklar uchun ayrim karantin cheklovlari bekor qilinib, ikki mamlakat o'rtasida aviaqatnovlar qayta tiklanmoqda.

Xususan:

1. Istanbul shahridan Farg'ona, Urganch va Samarqand shaharlari o'rtasida aviaqatnovlar 2021 yil 3 iyundan boshlab bosqichma bosqich  tiklanadi;

2. Turkiyaga turistik sayyoxlar uchun mo'ljallangan charter aviaqatnovlar joriy yilning 5 iyunidan boshlab bosqichma bosqich tiklanadi;

3. Toshkent-Istanbul yo'nalishidagi aviaqatnovlar talab va vaziyatdan kelib chiqib joriy yilning 10 iyundan boshlab bosqichma bosqich tiklanadi;

4. So'ngi 14 kun davomida Turkiyada bo'lgan va ushbu mamlakat orqali O'zbekistonga kirib kelayotgan O'zbekiston Respublikasining fuqarolari va doimiy yashaydigan fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni uy yoki mehmonxonada karantinda bo'lishlari tartibi  bekor qilindi.
Qayd etilishicha, O'zbekistonga kelish uchun aviaqatnovga ro'yxatdan o'tishdan oldin so'ngi 72 soatdan ko'p bo'lmagan muddatda koronavirus infeksiyasiga faqat PZR orqali tekshirilib, manfiy ko'rsatkichga ega deb topilgan ma'lumotnomani taqdim etish talabi saqlanib qoladi.

loading...