Afg'onistonda «Tolibon» bilan jangda kamida 20 nafar xavfsizlik xodimi halok bo'ldi

0

Afg'onistonning G'o'r viloyatiga qarashli To'lak mintaqasida «Tolibon» radikal harakati jangarilari bilan janglar natijasida xavfsizlik kuchlarining kamida 20 xodimi halok bo'ldi va yana 20 nafari yaralandi. Bu haqda Tolo News mahalliy manbalarga tayanib.

Ta'kidlanishicha, to'qnashuvlar mahalliy vaqt bilan juma kuni kechqurun sodir bo'lgan. Manbalarga ko'ra, bu hudud «Tolibon» nazorati ostiga o'tgan. Biroq mintaqa rahbari Salmon Yusufiy jangarilar tomonidan hududni egallab olish haqidagi ma'lumotni tasdiqlamadi.

«Tolibonning ushbu hududga hujumi natijasida xavfsizlik kuchlarining 20 xodimi o'ldirildi va yana yigirma nafari yaralandi», dedi tuman rahbari.

Uning qo'shimcha qilishicha, toliblar xavfsizlik kuchlarining kamida o'n nafar a'zosini ham qo'lga olgan.

ria.ru

loading...