Astma irsiy kasallikmi?

0

Bronxial astma bilan og'rigan kattalarning uchdan bir qismi bolaligida aynan ushbu xastalikka chalingan bo'ladi. O'smirlik paytida undan xalos bo'lgan odamlarning katta bo'lganlarida astma xavfiga duchor bo'lish ehtimoli yuqori. Bu paytda kasallikning rivojlanish xavfi irsiy omillar, shuningdek, atrof-muhitning ta'siri bilan yanada kuchayadi.

-Tibbiyotda bronxial astmaning kelib chiqish sabablari orasida nasliy moyillik alohida tilga olinadi. Ayniqsa, allergik bronxial astmada irsiy omillar muhim o'rin tutadi. Agar ota-onaning birida kasallik mavjud bo'lsa, tug'ilajak farzandda xastalikning ehtimoliy darajasi 20-30 foizni tashkil etadi. Bordi-yu, ota-onaning ikkisi ham astmatik hisoblansa, kasallikning nasl surish ehtimoli 75 foizni tashkil qiladi.

«Sog'lom hayot»

loading...